19.08.2024

449

msk_yangiliklari_in

Chirchiq davlat pedagogika universitetida Toshkent viloyatida tanlab olingan 86 nafar hududiy trenerlar uchun uch kunlik o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari boshlandi. 

 

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar a’zolarining saylov qonunchiligi va amaliyoti, shuningdek, ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarni tashkil etish maqsadi mazkur sa’y-harakatlar tashkil etildi. 

 

 

Unda malakali mutaxassislar tomonidan tinglovchilarga tasdiqlangan reja-jadvalga to‘la amal qilgan holda zarur bilimlar berilyapti. 

 

 Xususan, saylov jarayonlarida amal qilish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari, aralash saylov tizimi va o‘ziga xos xususiyatlari, MSKning qarorlari va saylovni o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja bo‘yicha amalga oshirish rejalashtirilgan vazifalar mazmun-mohiyati yuzasidan zarur tushunchalar beriladi. 

 

 

Galdagi vazifa shundaki, tajriba oshirgan trenerlar o‘z hududidagi saylov uchastkalarining raislari, rais o‘rinbosarlari va kotiblari uchun dars mashg‘ulotlarini o‘tib beradi.

 

Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi.

Изоҳ қолдириш учун :One-ID тизимидан рўйхатдан ўтишингиз зарур