Viloyat SJBAT trenerlari tomonidan hududlarda saylov uchastkalaridagi SJBAT operatorlariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, yuzaga kelgan muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, viloyat bo‘yicha jami 53 nafar hududiy trenerlar bo‘lib, ularning faoliyati 2 nafar respublika treneri tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
Viloyatda bugungi kunda xatlov ishlari jadallik bilan olib borilib, SJBAT operatorlari tomonidan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga aniqlik kiritish ishlari davom etmoqda.