Joriy yil 7-iyun kuni Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga muvofiq, 27-Keles okrug saylov komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlash, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashlariga bo‘shab qolgan o‘rin bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.
Majlisda Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan barcha masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.