Saylov uchastkalarida barcha hozirlik ko‘rildi

28.09.2024

272

msk_yangiliklari_in

Joriy yil oktyabr oyida o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga Toshkent viloyatida ham puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga Toshkent viloyatida bir mandatli 7 ta saylov okrugi tuzildi hamda Respublika partiya Kengashlari tomonidan 35 nafar nomzod ko‘rsatildi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga 60 ta saylov okruglari tuzildi. 60 ta saylov okrugiga 5 ta partiyadan 300 nafar nomzod ko‘rsatildi. Shahar-tumanlarda deputatlik o‘rinlariga jami 530 ta o‘rin belgilangan bo‘lib, to‘liq nomzodlar taqdim etildi. Hududda 1 ming 6 ta saylov uchastkasi tuzildi.

 

 

O‘tgan davr mobaynida saylov qonunchiligi bo‘yicha biriktirilgan trenerlar tomonidan tuman va shaharlardagi uchastka saylov komissiyalari raisi, rais o‘rinbosari va kotiblariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib, malakasi oshirildi.

 

O‘z navbatida joylardagi mavjud saylov uchastkalari aholi vakillariga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan. Ularning 624 tasi maktablarda, 35 tasi kasb-hunar maktablari va texnikumlarda, 99 tasi mahalla binolarida, 51 tasi tibbiyot, sanotoriy va dam olish maskanlarida, 72 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda, 54 tasi madaniyat va sport markazlarida, 29 tasi harbiy qism va ozodlikdan maxrum etish muassasalarida, 13 tasi oliy o‘quv yurtlari va 8 tasi Adliya bo‘limi binolarida, Tadbirkorlik subyekti binolarida 21 tasi joylashgani aniqlandi.

 

Hozirda saylov uchastkalari to‘liq shay holatga keltirildi. Ular saylov qonunchiligida belgilangan talablar asosida jihozlanib, zarur texnika vositalari bilan ta’minlangan.

 

 

 

 

 

Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur