Xorijlik kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi

10.10.2024

244

msk_yangiliklari_in

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev mehmonga hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Qayd etilganidek, Qayd etilganidek, mamlakatimizda joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

 

     

     

 

Xususan, Toshkent viloyatida ham tuzilgan hududiy saylov komissiyasi tomonidan hozirgacha muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ishlari uyushqoqlik bilan davom etyapti.

 

Hudud bo‘yicha 1 ming 6 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, ular saylovga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar, zarur zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlandi. Jismoniy harakati cheklangan saylovchilar imkoniyatini e’tiborga olgan holda binolarga nishab yo‘laklari barpo etildi.

 

   

   

 

Uchrashuvda xorijlik mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Shundan so‘ng u Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumanida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlariga qay darajada tayyorgarlik ko‘rilayotganini ko‘zdan kechirdi. Saylov uchastkalari raislari bilan suhbat qilinib, fikr-mulohazalar almashildi.

 

   

 

Toshkent viloyati Hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur