Айрим бўшаб қолган депутатлик ўринлари учун 2026 йил 16 август, якшанба куни сайлов бўлиб

12.08.2026

16

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1468-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati bo‘yicha quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2026-yil 16-avgust, yakshanba kuni saylov bo‘lib o‘tadi.

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

SU raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastka dislokatsiyasi

 

Toshkent viloyati

1.          

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi

13-Yoshlik saylov okrugi

13-uchastka

 

Nurafshon shahar

Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini binosi.

Islom Karimov” ko‘chasi,  187  uy

Nurafshon shahar Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inining Toshkent yo‘li, Yoshlik, Islom Karimov, Nixol, Abdulla To‘qay ko‘chasi hududlari chegarasida

 

2.          

15-Birlik saylov okrugi

15-uchastka

Nurafshon shahar

O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” viloyat Kengashi binosi,

Toshkent yo‘li ko‘chasi 60  uy,

Nurafshon shahar Birlik mahalla fuqarolar yig‘inining Birlik, Orzu, Chilonzor, Izzasoy, Mexnatobod ko‘chalari hududlari chegarasida

 

3.          

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi

11-Mustaqillik saylov okrugi

81-uchastka

Olmaliq shahar 

21-sonli umumta’lim maktab binosi.

Birdamlik mahallasi, Tinchlik ko‘chasi
11-uy, 

Olmaliq shahri, “Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi to‘liq chegaralarida

 

82-uchastka

Olmaliq shahar

Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘ini binosi.

Navqiron ko‘chasi, 6b-uy,

Olmaliq shahri, "Mirzo Ulug‘bek" va "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari to‘liq chegaralarida

 

 

Eslatma!

 

2026-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Hududiy saylov komissiyasining toshkent.saylov.uz. sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

Изоҳ қолдириш учун :One-ID тизимидан рўйхатдан ўтишингиз зарур