Xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlariga tayyorgarlikni e’tirof etdi

25.10.2024

238

msk_yangiliklari_in

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi(YEXHT DIIHB)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari Nikolay Paus (Norvegiya) va Meri Boland (Irlandiya), qisqa muddatli kuzatuvchilar Kimberly Shnayder (AQSH) va Seifi Yildirim (Turkiya) Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

Viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev va komissiya a’zolari tomonidan mehmonlarga hududda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

       

 

Ta’kidlanganidek, ayni paytda Toshkent viloyatida ham tuzilgan hududiy saylov komissiyasi tomonidan joylarda muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rilgan. Hududda bo‘yicha tashkil etilgan 1 ming 6 ta saylov uchastkasida barcha zarur qulayliklar qilingan.

 

Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari hamda deputatlikka nomzodlarning tarjimayi holi va saylovoldi dasturlari viloyatdagi barcha saylov uchastkalarda mavjud. Dasturlar saylov uchastkalari va hududdagi aholi gavjum joylariga joylashtirilgan.

 

          

 

Uchrashuvda xorijlik mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Ular viloyat bo‘yicha qilingan barcha ishlar xalqaro normalar asosida tashkil etilganini e’tirof etdi. Shundan so‘ng ular hududda tashkil etilgan saylov uchastkalarida tayyorgarlik jarayonlarini kuzatish uchun junab ketdi.

 

Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi

 

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur