Toshkent viloyatida 956 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

17.10.2024

168

msk_yangiliklari_in

Ma’lumki, joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Xususan, Toshkent viloyatida ham tuzilgan hududiy saylov komissiyasi tomonidan shu kunlarda muhim siyosiy kompaniyaga tayyorgarlik ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

 

E’tiborlisi, “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida bo‘ladigan siyosiy kompaniyani hududda milliy saylov qonunchiligimiz doirasida ochiq, oshkora tashkil etishdir.

 

               

 

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha 1 ming 6 ta saylov uchastkasi tuzilgan. Ularga muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish uchun saylovchilar umumiy sonining 10 foizi miqdorida saylov byulletenlari yetkazib berildi. Joylarda jismoniy harakati cheklangan saylovchilar imkoniyatini e’tiborga olgan holda binolarga nishab yo‘laklari (pandus) barpo etildi. Binolarda saylovga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar, zarur zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan. Joylarda targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida, chaqiruv plakatlari, saylovga oid stendlar va boshqa targ‘ibot materiallari belgilangan joylarga tartib bilan o‘rnatildi.

 

Ma’lumki, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga egadir.

 

                          

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 16-oktyabrdan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari soat 9:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi. Saylovchi saylov kuni o‘z hududida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanadi.

 

Toshkent viloyatidagi saylov uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilib, yetarli saylov byulletenlari bilan ta’minlangan. Xususan, birinchi kun natijalari bo‘yicha joylardagi saylov uchastkasida jami 956 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.

 

                                        

 

Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur