30.05.2025

26

msk_yangiliklari_in

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 6 maydagi “Ayrim boʻshab qolgan oʻrinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash toʻgʻrisida”gi 1438-sonli qaroriga asosan Toshkent  viloyatining quyidagi jadvalda koʻrsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun 2025 yil 15 iyun, yakshanba kuni yangi saylov boʻlib oʻtadi.

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.       

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi

11-Guliston

158

8-umumtaʼlim maktabi Bekobod tumani Mallaboy MFY Mallaboy koʻchasi

Bekobod tumani “Mallaboy” mahallasi

fuqarolar yigʻini, toʻliq hududi chegaralarida.

159

9-umumtaʼlim maktabi Bekobod tumani Nazarboy MFY, Diyor koʻchasi 1-uy

Bekobod tumani “Nazarboy” mahallasi

fuqarolar yigʻini, toʻliq hududi chegaralarida.

 

2025 yil 15 iyun kuni boʻlib oʻtadigan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha hududiy saylov komissiyasining toshkent.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi;

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur