Markaziy saylov komissiyasi raisi Toshkent viloyatida

20.08.2024

711

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev va komissiya a’zosi Aleksandr Farmanov Chirchiq davlat pedagogika universitetida Toshkent viloyatida tanlab olingan 86 nafar hududiy trenerlar uchun tashkil etilgan uch kunlik o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarini borib ko‘rdi.

 

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar a’zolari saylov qonunchiligi va amaliyoti, shuningdek, ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni oshiryapti.

 

 

Shu yerda tashkil etilgan suhbat chog‘ida trenerlarning asosiy vazifalari haqida so‘z yuritildi. Qayd etilganidek, ushbu saylovlar Konstitutsiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tkazilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi. 

 

Shuni inobatga olib mashg‘ulotlar, aralash saylov tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalgi saylovlardan farqi, saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari kabi muhim mavzularda fikr almashildi.

 

 

Shundan so‘ng Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurafshon shahridagi Toshkent viloyati Hududiy saylov komissiyasi binosida ham bo‘ldi. Uchrashuvda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev hududda qilinayotgan ishlar borasida atroflicha ma’lumot berdi.  

 

Ayni paytda mazkur siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida tashkil etish va ochiq, oshkora o‘tkazish uchun Toshkent viloyati Hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan tizimli ishlar qilinyapti.

 

 

Suhbat davomida Z.Nizamxodjayev komissiya a’zolari uchun binoda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek,  joylarda saylov uchastkalarini jihozlash va saylovchilarga zarur qulayliklar yaratish borasida fikr almashildi.

 

Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi Matbuot markazi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur